Evropa mamlakatlarida XEC koronavirusining yangi turi tarqala boshladi. Epidemiologlar fikricha, zararkunandaning kuchayishi ehtimoli bor.
“AzerTAJ” xabar berishicha XEC dastlab yoz boshlanishida Germaniyada ro‘yxatga olingan, so‘ngra qit’aning 11 davlatiga tarqalgan.
Ayni paytda mayda turlarga mansub ushbu virusning ikki xil ko‘rinishi qo‘shilishi natijasida genetik xususiyatlar aralashib, yangi tur hosil bo‘lgan. Bu koronavirusning to‘liq dominant shakli – omikron subvariantidir.
Mazkur virus odamda doimiy ravishda immunitet holatiga mos keladigan yangi mutasiyani shakllantiradi. XECda avval mavjud bo‘lgan shaklda kasallangan odamga oson yuqish xususiyati bor.
Yuzaga kelgan vaziyat avvalgi holatlardan jiddiyroq ekani yoki aniq alomatlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Emlangan aholi og‘ir xastaliklardan yaxshi himoyalangan, deydi mutaxassislar.