Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa va Kiyev Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar uchun kelishuv taklifini taqdim etdi

Evropa va Kiyev Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar uchun kelishuv taklifini taqdim etdi

Evropa davlatlari va Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar uchun Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha o‘z takliflarini tayyorladi.

Bu haqda o‘z nomi oshkor etilmagan ikki yevropalik amaldorga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Ularga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya hukumatlari rejani ishlab chiqishda ishtirok etib, ehtimoliy muzokaralar uchun “Ukraina bilan umumiy qizil chiziq chizish” maqsadini qo‘ygan.

Qayd etilishicha, Yevropa rejasi Buyuk Britaniyadagi uchrashuvda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellogga taqdim etilgan. Hujjatda aytilishicha, Kiyevning har qanday hududiy konsessiyasi xavfsizlik kafolatlari, jumladan, Ukrainaning NATOga potensial a’zoligi bilan ta’minlanishi kerak.

"Evropa taklifi boshqa qadamlar qo‘yilishidan oldin o‘t ochishni to‘xtatish talablarini o‘z ichiga oladi”, — deya ta’kidlaydi nashr. Hududlarni almashish faqat o‘zaro asosda bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Tramp Putin bilan uchrashuvi 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tishini aytgandi.

Kiritildi: 08:35 10.08.2025. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!