Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish g‘oyasidan voz kechish niyatida — Reuters

Evropa Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish g‘oyasidan voz kechish niyatida — Reuters

Agentlik bu haqda yuqori martabali yevropalik manbalariga tayanib xabar bermoqda.

"Evropa davlatlari yetakchilari Ukrainaga quruqlik qo‘shinlarini yuborish fikridan aytmoqda va o‘z harakatlarini yanada oqilona yo‘nalishga burishga urinmoqda", — dedi Yevropa diplomatlaridan biri.

Evropaning yuqori martabali mudofaa amaldorining so‘zlariga ko‘ra, urg‘u yevropalik qo‘shinlar g‘oyasidan chetga chiqayotgan bo‘lsa-da, bu alohida davlatlarning o‘z askarlarini Ukrainaga harbiy tayyorgarlik va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlash uchun yuborishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Fransiya va Britaniya tinchlikparvar missiyani rejalashtirishda "siyosiy va logistik cheklovlar" bilan to‘qnash kelmoqda. Shuningdek, ular Rossiya va AQSh tomonidan qarshi harakatlarga duch kelishi mumkin.

"Ukraina yaxshi pozisiyada bo‘lgan paytda qo‘shin yuborish g‘oyasi jozibali ko‘ringan edi. Ammo hozirgi sharoit va AQSh ma’muriyatining pozisiyasini hisobga olsak, bu g‘oya unchalik qiziqarli emas", — dedi yana bir diplomat.

"Shu haftada Parijda Yevropa Ittifoqi yetakchilari, jumladan, Zelenskiy ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Ukraina mudofaasini kuchaytirish, kelgusidagi hujumlarning oldini olish, energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish va Qora dengizdagi vaziyatni kuzatish masalalari muhokama qilinadi", deya xabar bermoqda Reuters.

Kiritildi: 22:05 26.03.2025. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!