Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi Oliy vakili, Estoniya sobiq bosh vaziri Kaya Kallas Ukrainaga Yevropa qo‘shinlarini yuborishni istisno qilmadi. Uning fikricha, agar bu borada kelishuvga erishilsa, ular sulhga rioya etilishini nazorat qilishlari ham zarur bo‘lishi mumkin.
«Bugungacha qaysi davlatlar o‘z harbiylarini Ukrainaga jo‘natishga tayyor ekani muhokama qilingan edi, menimcha, hech narsani istisno qilmaslik va strategik masalalarda noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak», - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Siyosatchining fikricha, Yevropa o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirda muhim rol o‘ynashi kerak, bu kelishuvga rioya etilishini nazorat qilish uchun qo‘shin yuborish ham mumkin. «Har qanday holatda ham, Ukraina qaror qiladi», deya qo‘shimcha qildi u.