"Moliyaviy sohada bu unchalik ko‘p xarajatlar talab qilmaydi. Amerika qurol-yarog‘i, o‘q-dorilari va boshqa harbiy yordamni to‘liq almashtirish qiyinroq. Lekin Yevropa buni ham uddalay oladi", deya qayd etiladi Kil Jahon Iqtisodiyoti instituti (IfW) tadqiqotida.
Hozirgi paytda Ukrainaga asosan AQShning HIMARS raketa tizimlari, artilleriya o‘q-dorilar, uzoq masofaga mo‘ljallangan havo mudofaasi tizimlari, hususan, Patriot kabi qurollar zarur.
"IfW ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa AQSh yordamini sezilarli darajada qoplay oladi, buning uchun siyosatchilar qat’iy harakat qilishi zarur. Biroq Yevropa hozircha bu yo‘nalishda “juda sekin” harakat qilmoqda", — deya fikr bildirdi institutning tadqiqotlar bo‘yicha direktori Kristof Trebesh.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Yevropa hukumatlari hozirda Ukrainaga yiliga o‘rtacha YAIMning atigi 0,1 foizini sarflamoqda. Agar AQSh yordam dasturlaridan chiqib ketsa, Yevropa Ittifoqi davlatlari va institutlarining hissasi 0,21 foizgacha oshirilishi kerak bo‘ladi. Bu esa Ukrainaga ajratilayotgan yordam hajmini hozirgi 44 milliard yevrodan 82 milliard yevroga oshirishni anglatadi.
"Agar barcha Yevropa davlatlari Daniya kabi harakat qilib, Kiyevga ko‘mak sifatida har yili YAIMning 0,5 foizidan ko‘prog‘ini sarflaganida, Qo‘shma Shtatlar yordamini hatto sezilarli zaxira bilan qoplash mumkin bo‘lardi", — deya xulosa qildi Trebesh.