Evropa Ittifoqi harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirishda Ukrainadan o‘rnak olishi lozim – YEIning mudofaa bo‘yicha komissari Andryus Kubilyus.
Uning fikriga ko‘ra, Ukraina Yevropa xavfsizlik tayanchiga aylanashi mumkin.
"Bizga minglab tanklar, zirhli mashinalar, artilleriya tizimlari, innovasion jangovar vositalar yetishmayapti. Strategik aviasiya samolyotlari, yoqilg‘i quyish samolyotlari, havo va raketaga qarshi mudofaa qalqoni kerak, shuningdek, shimoli-sharqiy chegaralarni mustahkamlash zarur. Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish ham ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda", — deya ta’kidladi Yevropa komissari Berlindagi xalqaro anjumanida.
Kubilyusning ma’lum qilishicha, Rossiya harbiy maqsadlarga yalpi ichki mahsulotning 9 foizini, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari esa o‘rtacha 2 foizdan kamroq mablag‘ sarflaydi.
"Joriy yilda Rossiyaning harbiy byudjeti Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari mudofaa xarajatlaridan ko‘proq bo‘ladi. Agar Yevropa urushdan qochmoqchi bo‘lsa, urushga tayyorgarlik ko‘rishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Kubilyus.