Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Evropa uchun so‘nggi tinch yoz»: Rossiya kutilganidan ham ertaroq NATOga hujum qilishi mumkin

«Evropa uchun so‘nggi tinch yoz»: Rossiya kutilganidan ham ertaroq NATOga hujum qilishi mumkin

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning aytishicha, o‘tgan yoz Yevropa uchun «so‘nggi tinch yoz» bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Biz har doim Rossiyaning NATOga hujum qilishi 2029 yilda yuz berishi mumkin deb hisoblab kelganmiz. Ammo hozir eskalasiya ehtimoli 2028 yilda ham bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Ayrim harbiy tarixchilarning fikricha esa, biz allaqachon so‘nggi tinch yozni boshdan kechirdik», — dedi vazir.

Pistoriusga ko‘ra, NATO armiyalari shoshilinch ravishda modernizasiya va qayta qurollanishga muhtoj.

Germaniya buning uchun tayyorlanmoqda. 2027 yildan boshlab favqulodda holatda chaqiriladigan bo‘lajak harbiy xizmatga yaroqli fuqarolarni aniqlash maqsadida tibbiy ko‘riklar o‘tkazila boshlaydi. Shuningdek, mamlakat muhofazasini kuchaytirish uchun yirik zaxira armiyasi tuzish rejalashtirilgan.

Kansler Fridrix Mers bugungacha Bundesverni Yevropaning eng kuchli armiyasiga aylantirishga va’da bergan. Pistorius esa hujum bo‘lsa, Germaniya «rus askarlarini o‘ldirishga tayyor» ekanini aytgan.

Nemis mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, tinchlik faqat kuch va himoyaga tayyorlik tufayli saqlanib turibdi.

Kiritildi: 15:17 17.11.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!