Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Trampning Ukraina bo‘yicha rejasini to‘liq qabul qilmadi

Evropa Trampning Ukraina bo‘yicha rejasini to‘liq qabul qilmadi

AQSh taklif qilgan 28 bandlik tinchlik rejasi Yevropa tomonidan Rossiyaga ortiqcha yon bosish sifatida ko‘rilmoqda. Germaniya kansleri esa Ukraina parchalanishi butun qit’a uchun xavfli oqibatlarga olib kelishini aytdi.

Evropa davlatlari rejaning 4 ta bandini o‘zgartirishni talab qilmoqda:
➖ Donbass va Qrimni Rossiyaga berish taklifi qabul qilinmaydi. Ukraina armiyasini qisqartirish — uni zaiflashtirib qo‘yishi mumkin;
➖ Xavfsizlik kafolatlari — Rossiyaning va’dalariga ishonch past;
➖ Rossiya va AQSh manfaatlari ko‘zlangan moliyaviy bandlar — qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
➖ Yevropa Ittifoqi vakillari tinchlik rejasi ustida ishlashga tayyorligini bildirgan, ammo Ukraina manfaatlari inobatga olinishi shartligini ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 16:33. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!