Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa sayyohlar oqimini cheklamoqchi

A A A
Evropa sayyohlar oqimini cheklamoqchi

Evropaning bir qator mamlakatlarida sayyohlar uchun cheklovlar joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Koronavirus pandemiyasidan keyin mintaqaga sayyohlar to‘lqini shu darajaga oshganki, ayrim diqqatga sazovor manzillarda ziyoratchilar sig‘may ketyapti. Natijada ekspertlar qadimiy obidalar zarar ko‘rishidan xavotir bildirishmoqda, deyiladi tourprom saytida e’lon qilingan xabarda.

Masalan, Gresiyada Afinadagi Akropolga keluvchilar soniga cheklov joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu yerga bir kunda 20 mingdan ortiq odam qo‘yilmaydi. Hozircha ushbu tartib sinov tariqasida qo‘llaniladi, biroq kelasi yil apreldan boshlab, ushbu tartib qat’iylashtiriladi.

Italiyada ham ayrim qadimiy obidalarni xorijdan keladigan mehmonlardan himoya qilishga harakat qilinmoqda. Xususan, Rimda sayyohlarning biri Trevi favvorasida cho‘milgandan keyin shahar hokimiyati ob’ekt ziyoratchilariga to‘lov joriy qilish yoki ijtimoiy yo‘lak tashkil qilish ustida bosh qotira boshladi. Kolizey devoriga sayyoh o‘zining ismini yozgandan keyin esa ob’ektda nazoratni kuchaytirishga qaror qilindi. Bundan tashqari, iyuldan boshlab Rimdagi Panteonga kirish ham pullik qilib qo‘yildi.

Fransiyada esa sayohatchilardan yoz paytida mashhur Mon-Sen-Mishel cherkoviga bormaslik so‘ralmoqda. Har yili ushbu diqqatga sazovar joyga 3 million atrofida sayyoh keladi, ularning yarmidan ko‘pi yoz mavsumiga to‘g‘ri kelmoqda.

Kiritildi: 09:52 09.08.2023. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!