Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Rossiyaga bo‘lgan gaz qaramligidan xalos bo‘lmoqda

Evropa Rossiyaga bo‘lgan gaz qaramligidan xalos bo‘lmoqda

Biroq endi yangi bir qaramlikka — bu safar Qo‘shma Shtatlarga qaram bo‘lib qolish xavfi ostida turibdi, deb xabar bermoqda Forbes

Keng ko‘lamli bosqin boshlanishidan avval Yevropa Ittifoqi gaz importining 45 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 12 foizga tushdi. Hozirda Yevropa 2027-yil oxiriga qadar Rossiya gazidan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda.

Biroq, Rossiya o‘rnini Vashington egallamoqda. Faqat 2026-yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi import qilgan suyultirilgan tabiiy gazning 59 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri keldi; 2028-yilga borib esa bu ulush 80 foizgacha yetishi mumkin.

Ayni paytda, Yevropa yuqori xarajatlarga qaramay Rossiya energiya resurslaridan voz kechishda davom etayotgan bir pallada, Tramp Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimini yumshatmoqda.

Forbes tahliliga ko‘ra, asosiy xavf shundaki, Tramp Yevropaning energiya borasidagi qaramligidan nafaqat ittifoqchilarga bosim o‘tkazish, balki Putin bilan olib boriladigan muzokaralarda savdolashish vositasi sifatida ham foydalanishi mumkin.

Kiritildi: 09:15 17.11.2026. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik