Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga “Rossiyaning dushmanona harakatlari” haqidagi xabarlar yetkazilgan. Ular razvedka ma’lumotlari, gazeta maqolalari va ijtimoiy tarmoqlardagi postlar asosida strategik qarorlar qabul qilish vazifasini bajargan. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — NATO davlatlarining tezkor qaror qabul qilish, muvofiqlashtirish va xavfga javob berish salohiyatini sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘lgan.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xilining so‘zlariga ko‘ra, bu mashg‘ulotlarda ishtirok etgan mamlakatlar — Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya harbiylarining yonida yashaydi. Uning ta’kidlashicha:
“Biz tahdidlarni eng aniq baholay oladigan, eng tezkor javob bera oladigan va NATOni bu xavflarni jiddiyroq qabul qilishga majbur qila oladigan davlatlarmiz.”
Mashg‘ulotda Norvegiya, Buyuk Britaniya, Shvesiya, Daniya, Finlyandiya hamda Baltiqbo‘yi mamlakatlari vakillari ishtirok etgan. Ushbu harbiy mashqlar Shimoliy Yevropa xavfsizlik arxitekturasini mustahkamlash va Rossiya tahdidlariga qarshi tezkor mudofaa mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan.
🇵🇱 Polshada ham harbiy tayyorgarlik ishlari faol ravishda olib borilmoqda. Avvalroq mamlakat Mudofaa vazirligi yangi zaxira harbiy tayyorlov dasturini e’lon qilgan edi. Rejaga ko‘ra, 2026-yilgacha Polshada 400 ming zaxira askar tayyorlanadi.
Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish bu tashabbusni “Polsha tarixidagi eng yirik harbiy tayyorgarlik dasturi” deb atagan.