Evropa po‘lat sanoati jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda: eksport hajmi 20 foizga qisqardi, ishlab chiqarish esa tarixiy eng past darajaga tushdi.
Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Soha bir vaqtning o‘zida bir nechta salbiy omillar ta’siriga duch kelmoqda. Ular orasida energiya resurslari xarajatlarining keskin oshishi, AQSh tomonidan joriy etilgan proteksionistik bojlar va jahon bozorida arzon Xitoy mahsulotlarining ortiqcha taklifi bor.
Evropa po‘lat ishlab chiqaruvchilari assosiasiyasi — Eurofer rahbari soha endi 2015 yildagi taxminan 155 million tonna bo‘lgan avvalgi ishlab chiqarish hajmlariga qaytmasligini ta’kidladi.
Evropa metallurgiyasidagi inqiroz Ukrainada po‘lat ishlab chiqarish to‘liq to‘xtatilgan bir paytda yanada kuchaymoqda. Bu haqda avvalroq mahalliy Metallurglar federasiyasi ma’lum qilgan edi.