Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Evropa komissiyasi gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirish imkoniyatiga ruxsat berdi

Evropa komissiyasi gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirish imkoniyatiga ruxsat berdi

Evropa komissiyasi Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish imkoniyatiga ruxsat berdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi bayonotiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Agentlik Yevroittifoq a’zolariga yuborilgan hujjatga tayanib, Moskvaning Gazprombankda valyutani rublga konvertasiya qilish yo‘li bilan gaz uchun to‘lash taklifi «Evropa Ittifoqi sanksiyalari rejimiga mos keladigan to‘lov jarayoni»ga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidlaydi.

Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, Yevropa kompaniyalari joriy qilingan sanksiyalarni buzmagan holda gaz uchun qanday qilib rublda to‘lashi hozircha aniq emas.

"Biroq farmon talablaridan chetga chiqish tartibi hozircha aniq emas”, — deya hujjatdan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.

Kiritildi: 01:34 23.04.2022. O'qildi: 6822 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!