Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa Komissiyasi: AQSh boj siyosati qabul qilib bo‘lmas darajada o‘smoqda

Evropa Komissiyasi: AQSh boj siyosati qabul qilib bo‘lmas darajada o‘smoqda

AQSh joriy yilda Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga qo‘yilgan boj va tariflar orqali €100 milliard yig‘ishi mumkin. Bu haqda Yevropa Komissiyasining savdo siyosati va iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha komissari Marosh Shefchovich Yevroparlament sessiyasida ma’lum qildi.

“Boj yig‘ish nuqtai nazaridan bu juda katta summa bo‘ladi. 2024 yilda AQSh Yevropa Ittifoqi tovarlaridan €7 milliard boj olgan. Yevropa Komissiyasining prognoziga ko‘ra, agar AQShda hozir olib borilayotgan antidemping tekshiruvlari natijasida barcha rejalashtirilgan bojlar kuchga kirsa, 2025 yilda bu summa €100 milliardgacha yetishi mumkin. Bu hech qanday holda qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi Shefchovich.

Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda AQSh YEI eksportining 70 foiziga 10% dan 25% gacha boj qo‘ygan va bu ko‘rsatkichni 97% gacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 18:03 06.05.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!