Evropa Kiyevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishni muhokama qilmoqda.
Gazetaning ichki muhokamalardan xabardor manbasiga ko‘ra, borgan sari ko‘proq davlatlar Ukrainaning mudofaa sanoatiga investisiya kiritish modeliga qiziqmoqda, chunki Yevropaning qurol zaxiralari Kiyevga bir necha yil davomida yetkazib berilgan yordamdan so‘ng ancha kamaygan.
The Washington Post'ning yozishicha, Jo Bayden ma’muriyati davrida yetkazib berilgan qurol zaxiralari tugab borayotgani sari, Yevropa AQSh yordami to‘xtatilishini to‘liq qoplay olishiga shubhalar kuchaymoqda, bu ayniqsa havo hujumidan mudofaa kabi muhim yo‘nalishlarda ancha jiddiy hisoblanadi.
"Mazkur strategiya ikki tomon uchun ham foydali: Yevropa uchun bu ishlab chiqarishning arzonlashtirish, Ukraina uchun esa o‘z mudofaa sanoatini kuchaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu strategiya NATO davlatlariga Ukraina hududidan dronlar kabi ilgari unchalik ko‘p qo‘llanmagan qurollarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish uchun tajriba maydoni sifatida foydalanish imkonini beradi", — deya qo‘shimcha qildi nashr manbasi.