Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqidagi energetik inqirozdan ko‘rilgan zarar 500 milliard yevroga yetdi

Evropa Ittifoqidagi energetik inqirozdan ko‘rilgan zarar 500 milliard yevroga yetdi

Bruegel tahliliy markazi ma’lumotlariga qaraganda, Yevropadagi energetika inqirozidan ko‘rilgan zarar 500 milliard yevroga yaqinlashmoqda.

Energetika inqirozini yumshatish xarajatlaridan Yevropa davlatlarining byudjet yuki o‘sishda davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari energiya inqirozining iste’molchilar va biznesga ta’sirini yumshatish uchun allaqachon 314 milliard yevro ajratgan. Buyuk Britaniya 178 milliard yevro ajratdi.

Energetika inqirozi oqibatlarini bartaraf etish xarajatlari hozirda Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsulotining 1,7 foiziga yetdi. Aniqlik kiritilishicha, bu birinchi navbatda Yevropa mamlakatlari tezlashib borayotgan inflyasiyaga duch kelayotgani va iqtisodiy ko‘rinishning xiralashgani bilan bog‘liq.

Bruegel tadqiqotchisi Simone Talyapyetrning fikricha, energiya inqirozi xarajatlarining oshishi Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutni chuqurlashtirishga tahdid solmoqda.

Evropa hukumati energetika inqirozidan chiqish uchun favqulodda vaziyat rejasini muhokama qilmoqda. Energiya kompaniyalaridan tushgan foydani ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar va korxonalarga o‘tkazish, elektr energiyasi narxini cheklash va iste’molni kamaytirish varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 15:55 22.09.2022. O'qildi: 2214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!