Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqida erishilgani aytilgan migrasion murosa qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirmadi

Evropa Ittifoqida erishilgani aytilgan migrasion murosa qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirmadi

EI rasmiylari yaqinda migrasiya siyosatida muhim kelishuvga erishilganini e’lon qildi: mamlakatlar «kattaroq birdamlik» va qochqinlarni qayta taqsimlash bo‘yicha kelishib oldi. Xususan, Italiya va Gresiya avval ularda boshpana so‘rab murojaat qilgan migrantlarni qayta qabul qilishga go‘yoki rozi bo‘lgani aytildi. Biroq amalda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi.

Raqamlar buning yaqqol isbotidir. Faqat 2025 yilning o‘zida Gresiya YEIning boshqa mamlakatlariga taxminan 14,5 ming nafar migrantni yuborgan, holbuki bu odamlar allaqachon Gresiyada boshpana olgan edi. Yevropa qonunchiligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabiga qaramay, Afina ularni qaytarib olishga shoshilmayapti. Amalda «qochqin uchun birinchi kirilgan mamlakat javobgar» degan qoida yana ishlamayapti.

Gresiya umumevropa me’yorlarini o‘n yildan ortiq vaqtdan beri e’tiborsiz qoldirib kelmoqda va mutaxassislar fikricha, endi vaziyat birdaniga o‘zgarishiga hech qanday alomat yo‘q. Qog‘ozda YEI yana o‘zaro yordam va’da qildi, amalda esa ayrim mamlakatlar mas’uliyatni qo‘shnilar zimmasiga yuklashda davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:01. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!