Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi XAMASga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda

A A A
Evropa Ittifoqi XAMASga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda

Evropa Ittifoqi 7 oktyabr kuni Isroilga qilingan hujum uchun XAMAS vakillariga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

“Report”ning yozishicha, bu haqda YEIning yuqori martabali vakili 27 ta hamjamiyat mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining 13 noyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi arafasida jurnalistlarga ma’lum qilgan.

“Biz HAMASga qarshi qo‘shimcha choralarga ochiqmiz. Bunga shaxslarni qora ro‘yxatga kiritish ham kiradi”, dedi u.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida Yaqin Sharqdagi vaziyat diqqat markazida bo‘ladi:

“Vazirlar G‘azo urushida nima bo‘lganini va Yevropa Ittifoqining o‘rta muddatli istiqbolda qanday qadam tashlashini baholaydi”.

Kiritildi: 23:14 10.11.2023. O'qildi: 2637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!