Evropa Komissiyasi Ukraina uchun havo va raketa mudofaasi tizimlari, raketalar, o‘q-dorilar va radarlar xaridiga €6,1 mlrd ajratilishini ma’qulladi. Bu mablag‘ Ukrainaga ajratilayotgan €90 mlrdlik qo‘llab-quvvatlash krediti doirasida yo‘naltiriladi. (Enlargement and Eastern Neighbourhood)
Qaror Ukrainaga AQShda ishlab chiqarilgan PAC-3 raketalarini Patriot tizimlari uchun xarid qilish imkonini ham beradi. Yevropa Komissiyasi mudofaa bo‘yicha komissari Andryus Kubilyus Ukrainaga havo mudofaasi uchun zarur raketalarni tezkor yetkazib berish muhimligini ta’kidlagan.