Evropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan mablag‘lardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda Politico xabar berdi.
"Evrokomissiya Rossiyaning sanksiyalar ostidagi aktivlari saqlanadigan Euroclear depozitariysiga o‘zining ehtimoliy yo‘qotishlarini Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qoplashga ruxsat berish imkoniyatini o‘rganmoqda", deb yozadi gazeta.
Nashr manbalarining aniqlik kiritishicha, bu Ukrainaga ajratilgan 45 milliard yevro miqdoridagi kreditni to‘lash uchun Rossiya aktivlaridan tushgan daromadlardan foydalanish sxemasini mustahkamlashi mumkin bo‘lgan favqulodda chora sifatida ko‘rilmoqda.
Oldinroq Euroclear depozitariysi Rossiya sudlarida sanksiyalarning qonuniyligi to‘g‘risida ko‘plab da’volar ko‘rib chiqilayotganini qayd etgan edi. Ushbu da’volar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Euroclear Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadning taxminan 10 foizini zaxiraga olmoqda.