Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyani moliyaviy qora ro‘yxatga qo‘shishga chaqirmoqda

Evropa Ittifoqi Rossiyani moliyaviy qora ro‘yxatga qo‘shishga chaqirmoqda


Evroparlament deputatlarining fikricha, Bryusselda Rossiya Federasiyasini jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritish uchun yetarli asoslar bor. Yevroparlament Moskva Ukrainaga qarshi agressiv urushni Kremlga xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tish imkonini beruvchi korrupsion sxemalar orqali moliyalashtirayotganini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, yevropalik deputatlarning fikricha, mamlakatda davlat idoralari bilan chambarchas bog‘langan korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik darajasi yuqori.

Rossiya hali xalqaro «qora» ro‘yxatga kiritilmagan. Financial Action Task Force (FATF) jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash standartlarini belgilaydi va amalga oshiradi. U ushbu standartlarni buzgan mamlakatlarning «qora» va «kulrang» ro‘yxatlarini tuzadi.

Rossiya Federasiyasi 2003 yilda FATF'ga a’zo bo‘lgan, ammo 2023 yilda Ukrainadagi urush tufayli uning a’zoligi to‘xtatilgan. O‘shandan beri Kiyev Rossiya Federasiyasi jahon moliyaviy tizimiga tahdid solayotgani va tashkilot ro‘yxatiga allaqachon kiritilgan KXDR va Eron bilan yaqin aloqalarni saqlab turganini aytib, ikki marta Rossiyani FATF qora ro‘yxatiga kiritishga uringan. Ammo har ikki safar ham bu qarorga FATF'ga a’zo bir qancha nufuzli davlatlar, xususan Hindiston, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Janubiy Afrika qarshilik ko‘rsatgan.

Kiritildi: Bugun 12:20. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!