Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini qabul qila olmadi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini qabul qila olmadi

Evropa Ittifoqi davlatlari Ukrainadagi mojaro munosabati bilan Rossiyaga qarshi taklif qilingan 18-sanksiya paketini qabul qilishga muvaffaq bo‘lmadi. Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta bu haqda sammitdan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Koshta so‘zlariga ko‘ra, 18-paket bo‘yicha muzokaralar hali davom etadi. Slovakiya bu paketni tasdiqlashni rad etgani sababli masala yaqin vaqtda yana muhokama qilinadi. Bundan tashqari, Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ham yangi sanksiyalarga qarshi chiqqanini bildirib, cheklovlar Yevropa mamlakatlarida kommunal to‘lovlarni oshirishini ta’kidlagan.

18-sanksiya paketida Rossiya nefti narxini 60 dollardan 45 dollarga tushirish, «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlariga qo‘shimcha cheklovlar, shuningdek, sanksiyalarni chetlab o‘tayotgan banklarga operasiyalarni taqiqlash kabi choralar nazarda tutilgan edi.

Shuningdek, Koshta Yevropa Ittifoqining mudofaa salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. U Yevropaning ortiqcha mudofaa xarajatlarini kamaytirish va sarmoyalarni birlashtirish orqali samarali jamoaviy mudofaa tizimini yaratish muhimligini ta’kidladi.

Evropa Ittifoqi Ukraina xavfsizligini o‘z xavfsizligi bilan bog‘lagan holda, Ukrainadagi islohotlar tez sur’atda olib borilayotganini qayd etdi. Yevropa Rossiyaga qarshi 17-sanksiya paketini qabul qilgan va yaqinda yana qo‘shimcha bosim choralarini ko‘rishga tayyorlanmoqda.

Shuningdek, Yaqin Sharqda Isroil va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Yevropa Ittifoqi diqqat markazida bo‘lib, Eronga yadroviy qurol ishlab chiqish imkoniyatini bermaslik uchun diplomatik harakatlar kuchaytiriladi.

Evropa Ittifoqi global savdoni rivojlantirish, Yaponiya, Xitoy, Moldova va Lotin Amerikasi davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali xalqaro iqtisodiy nufuzini mustahkamlashni maqsad qilmoqda.

Kiritildi: 16:22 27.06.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!