Ma’lum qilinishicha, cheklov choralari Aleksey Navalniyning zaharlanishi va ta’qib qilinishiga aloqador bo‘lgan 15 nafar shaxsga daxldor bo‘ldi. Ular orasida Rossiya Bosh prokurori Aleksandr Gusan, Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) bir nechta yuqori martabali xodimlari, Omsk viloyati bosh toksikologi Aleksandr Sabayev, Rossiya Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Anatoliy Razinkin, Rossiya Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Sharqiy viloyat guruhlararo tergov boshqarmasi rahbari Aleksey Aleksandrov, Moskva shahar sudi sudyasi Natalya Konovalova, Moskva shahri prokuraturasi jinoiy-sud boshqarmasi apellyasiya bo‘limining sobiq prokurori Marina Bobek bor.
Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga “Rostex” ijrochi direktori Oleg Yevtushenko, Madaniy tashabbuslar prezidentlik jamg‘armasi, “Roskosmos” tarkibidagi Lavochkin nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi (NPO), “Kalashnikov” konsernining Ijevsk aviasiya zavodi, Istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasi, “ERA” harbiy innovasion texnopolisi, Rossiya Mudofaa vazirligining 18-Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti, “Gazpromneft shipping” va “Lukoyl - G‘arbiy Sibir” kompaniyalari ham kiritildi.