Evropa Ittifoqi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi (RFPI), shuningdek, Rossiyaning "yashirin floti"ga qarshi sanksiyalarni kengaytirish niyatida, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi manbalarga tayanib.
Nashrda aytilishicha, YEI "yashirin flot" neft tankerlariga nisbatan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Cheklovlar, shuningdek, "Moskvaning harbiy sa’y-harakatlariga hissa qo‘shayotgan" kreditorlar va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasiga ham tegishli bo‘ladi.