Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi rasmiysi Ukrainadagi saylovlar borasida o‘z munosabatini bildirdi

Evropa Ittifoqi rasmiysi Ukrainadagi saylovlar borasida o‘z munosabatini bildirdi

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Rossiya bilan urush davom etayotgan bir sharoitda Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini noto‘g‘ri qaror deb hisoblashini bildirdi.

Bu haqda Yevropa Komissiyasi saytida e’lon qilingan ma’lumotda aytib o‘tilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat Yevropa davlatlari konstitusiyalarida mamlakat biror-bir harbiy mojaroga jalb qilingan vaqtda saylovlar o‘tkazishni taqiqlovchi bandlar mavjud. Bu saylovlar mamlakat ichidagi turli siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kurashni anglatishi bilan izohlanadi.

«Tashqi hujumlar davom etayotgan bir paytda saylovlar o‘tkazish imkonsiz, chunki dushman tashqarida va barcha sa’y-harakatlar unga qarshi kurashga qaratilishi kerak. Shu sababli, mening fikrimcha, urush davrida saylovlar o‘tkazish mutlaqo to‘g‘ri qaror emas», — deya qo‘shimcha qildi Kallas.

Kiritildi: Bugun 11:14. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!