Evropa Komissiyasi (EK) prezidenti Ursula fon der Leen Iordaniya qiroli Abdulla II bilan telefon orqali suhbatda G‘azo sektoridagi yomonlashgan gumanitar vaziyatni muhokama qildi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
"Isroilning G‘azo sektorida fuqarolik infratuzilmasini, jumladan, ko‘chirilgan falastinlik oilalar uchun boshpanaga aylantirilgan maktabni nishonga olib, tinch aholi, jumladan bolalarning o‘limiga olib kelgan harbiy amaliyotlarini kengaytirishi juda yomon", dedi fon der Leen.
U Yevropa Ittifoqining Isroilni 11 haftadan beri davom etayotgan qattiq blokadani bekor qilishga chaqirishini takrorladi.
“Evropa komissiyasi Isroilning xavfsizlik va o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini har doim qo‘llab-quvvatlagan va qo‘llab-quvvatlaydi, biroq bu kuchayish va tinch aholiga nisbatan nomutanosib ravishda kuch qo‘llashni gumanitar va xalqaro huquq bilan oqlab bo‘lmaydi”, dedi YEI prezidenti.