Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Isroilning G‘azodagi yangi operasiyasini qoralaydi

Evropa Ittifoqi Isroilning G‘azodagi yangi operasiyasini qoralaydi

Evropa Ittifoqi Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotini kengaytirish rejalaridan xavotir bildirdi, biroq Isroil rasmiylariga bosim o‘tkazish ehtimoli haqida izoh bermadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati vakili Anvar al-Anuniy ma’lum qildi, deya xabar beradi Al Arabia.

"Evropa Ittifoqi G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotning rejalashtirilgan kengayishidan xavotirda, bu Falastin aholisiga yanada ko‘proq qurbonlar va azob-uqubatlar olib keladi. Biz Isroilni vazminlikka chaqiramiz", - dedi al-Anuniy jurnalistlarga. Mumkin bo‘lgan sanksiyalar haqidagi savolga javob berar ekan, u YEI tomonidan hech qanday "majburiy choralar" haqida hozircha gapira olmasligini ta’kidladi.

Avval xabar qilganimizdek, 5-may kuni Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi G‘azo bo‘ylab navbatdagi hujum rejasini tasdiqladi, jumladan, butun G‘azoni egallab olish, HAMAS guruhiga qarshi zarbalar berish va tinch aholini ko‘chirish.

Kiritildi: 11:05 07.05.2025. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!