Evropa Ittifoqi diplomatiyasining yangi rahbari Kaya Kallas hukmron partiyaning Yevropaga integrasiyalashuvdan bosh tortgani sababli mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida Gruziyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishini istisno etmadi. Shuningdek, vizalar berishda ham cheklovlar bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi dpa.
Kallas tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, Gruziya hukumati gruzin xalqi irodasi va mamlakat Konstitusiyasini hurmat qilishi kerakligini ta’kidladi.
Agentlikning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiyalar faqat barcha a’zo davlatlar roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban esa yaqinda Gruziya hukumatini qo‘llab-quvvatlagan edi.
OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, 30 noyabr oqshomida Tbilisining Rustaveli xiyobonida bo‘lib o‘tgan namoyishda o‘n minglab odamlar ishtirok etgan. Polisiya namoyishchilarni ketma-ket bir necha kecha suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatib yubordi va ular pirotexnika vositalari bilan javob berishdi. 1 dekabrga o‘tar kechasi namoyishchilar parlament binolaridan biriga o‘t qo‘yishgan, biroq yong‘in tezda o‘chirilgan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 200 dan ortiq kishi hibsga olingan.