Evropa Ittifoqi (EI) Eronda qurbonlar va jabrlanganlar soni ortib borayotganidan chuqur xavotir bildirib, tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilishini qoraladi. Yevropa Ittifoqi mamlakat rasmiylarini fuqarolarning so‘z erkinligi va tinch yig‘ilishlar o‘tkazish huquqini hurmat qilishga, shuningdek, internetga kirishni tiklashga chaqirdi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar xizmati rasmiy vakili Anvar al-Anuniy Bryusseldagi brifingda ma’lum qildi.
“Biz Eron hukumatini fikr erkinligi va tinch yig‘ilish huquqlarini hurmat qilishga, shuningdek internetga kirishni tiklashga chaqiramiz”, — dedi tashkilotning tashqi siyosat xizmati vakili Anvar al-Anun Bryusselda o‘tkazilgan brifingda.
Vakilning ta’kidlashicha, Bryusselda vaziyat diqqat bilan kuzatilmoqda va u YEIni qattiq tashvishga solgan.
Shu bilan birga, u Eronning so‘nggi shohi Rizo Pahlaviyning o‘g‘li Yevropani namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yanada qat’iyroq harakat qilishga chaqirgan bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.