Tashabbusga havo qatnoviga qarshi kurashning kuchayishi sabab bo‘ldi, bu odamlar uchun imkon qadar qulay bo‘lsada, tabiatga shunchalik zarar keltiradi. Agar bir yil ichida g‘oyani kamida yetti mamlakatdan bir million aholi qo‘llab-quvvatlasa, Yevropa Komissiyasi tegishli qonun loyihasini Yevroparlament va YEI Kengashiga taqdim etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Evropa Ittifoqi hududida tezyurar temir yo‘l liniyalari mavjud, ammo ular bo‘yicha barcha yo‘lovchi tashish faqat har bir davlat chegaralarida amalga oshiriladi. Xalqaro tashuvlarni tashkil etish ko‘plab muammolarni hal qilishni talab qiladi - chiptalar uchun to‘lovdan tortib milliy temir yo‘l standartlarini birlashtirishgacha.