Evropa Ittifoqi 6-8 yil ichida Rossiya Federasiyasi bilan harbiy mojaroga tayyor bo‘lishi kerak. Bu haqda YEI Mudofaa bo‘yicha komissari lavozimiga nomzod gapirdi.
Andryus Kubilyusning qayd etishicha, keyingi bir necha yil ichida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Yevropada mudofaa sanoatini mustahkamlashga 500 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritishi kerak.
"NATO mudofaa vazirlari va generallari Vladimir Putin 6-8 yildan keyin NATO va YEI bilan qarama-qarshilikka tayyor bo‘lishi mumkin degan fikrda. Bu biz tez va maqsadli qarorlar qabul qilishimiz kerakligini anglatadi", — deya ma’lum qildi Yevroparlamentdagi Rossiya bo‘yicha sobiq ma’ruzachi, hozirda Yevropa Ittifoqi birinchi komissarligiga nomzod.
Kubilyus yangi lavozimga o‘tirgach, birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi harbiy chaqiruvga tayyor bo‘lish uchun qanday resurslarga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi savolni ko‘rib chiqadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa harbiy sanoati qoniqarsiz ahvolda, chunki u so‘nggi 10 yil ichida bir trillion yevrodan ko‘proq zarar ko‘rgan.
Reuters nashrining yozishicha, Kubilyus Bryusselga mudofaa qurollari ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqini berishni istamayotgan bir nechta Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan "qiyin kurash"ga duch kelmoqda.