Evropa davlatlari AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari fonida orol xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Finlyandiya Grenlandiyani himoya qilish uchun ikki nafar ofiser yuborishga qaror qilgan. Norvegiya ham ikki harbiy ajratdi. Buyuk Britaniyadan bir nafar harbiy yuborilishi kutilmoqda.
Germaniya 13 nafar, Fransiya esa 15 nafar harbiyni orolga jo‘natishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Shvesiya, Kanada va Niderlandiya ham o‘z harbiylarini yuborishi ma’lum qilingan, ammo ularning aniq soni hozircha ochiqlanmagan.