Oq uydagi to‘qnashuvdan so‘ng ko‘p o‘tmay, Yevropaning barcha davlatlari rahbarlari ijtimoiy tarmoqlarda Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.
Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols shunday dedi: "Hech kim ukrainaliklardan ko‘ra tinchlikni ko‘proq xohlamaydi." O‘tgan yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarda g‘alaba qozongan partiya yetakchisi, Sholsning ehtimoliy vorisi, Germaniyaning konservativ rahbari Fridrix Mers shunday yozdi: "Biz yaxshi kunlarda ham, sinovli damlarda ham Ukraina bilan birgamiz. Biz bu dahshatli urushda bosqinchi bilan qurbonni hech qachon adashtirmasligimiz kerak."
Shu hafta Tramp bilan uchrashgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X'da shunday yozdi: "Bosqinchi bor: u Rossiya. Hujumga uchragan xalq bor: u Ukraina."
"Boshidan beri kurashayotganlarga hurmat. Chunki ular o‘z qadr-qimmati, mustaqilligi, farzandlari va Yevropa xavfsizligi uchun kurashmoqda," deya qo‘shimcha qildi Makron.
Evropaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash paradiga o‘z ovozini qo‘shganlar orasida Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi raisi Antonio Kosta, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer, Polsha Bosh vaziri Donald Tusk hamda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bor edi.