"Grenlandiya uning xalqiga tegishli. Daniya va Grenlandiyaga oid masalalarni faqat Daniya va Grenlandiyaning o‘zi hal qilishi mumkin", deyiladi Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Daniya yetakchilarining qo‘shma bayonotida.
Bayonot Oq uyda Grenlandiya AQSh xavfsizlik tizimining bir qismi ekani va Qo‘shma Shtatlarning tarkibiga kirishi lozimligi aytilganidan so‘ng e’lon qilindi.
Evropa yetakchilari BMT nizomida mustahkamlangan tamoyillar, jumladan suverenitet, hududiy yaxlitlik va chegaralarning daxlsizligi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, ular Grenlandiya Daniya Qirolligi tarkibida bo‘lib, NATO a’zosi ekanini qayd etdi hamda Arktikadagi xavfsizlik alyansdagi ittifoqchilar, jumladan AQSh bilan birgalikda “jamoaviy tarzda ta’minlanishi” kerakligini bildirdi.