Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa davlatlari Rossiya bilan chegarada millionlab minalarni joylashtirishga tayyor

Evropa davlatlari Rossiya bilan chegarada millionlab minalarni joylashtirishga tayyor

Gap Litva, Latviya, Estoniya, Polsha va Finlyandiya haqida ketmoqda, deb yozadi Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi.

Maqolada aytilishicha, yangi "temir parda" Yevropa va Rossiya o‘rtasida "Finlyandiyaning eng shimolidagi Laplandiyadan Polsha sharqidagi Lyublin voevodligigacha" tushishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu davlatlar o‘z chegaralariga "millionlab minalar" sepishga tayyor. Litva tank va piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqarish uchun allaqachon 800 million yevro ajratgan, deyiladi nashrda.

Sanab o‘tilgan davlatlar avvalroq piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 06:20 25.06.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!