Evropa Komissiyasining (EK) neft narxining yuqori chegarasini bir barrel uchun 45 dollargacha tushirish niyati energiya bozorlarini barqarorlashtirishga yordam bermaydi.
Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Avvalroq YEK Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarning 18-paketiga Rossiya nefti narxining bir barreli uchun 60 dollardan 45 dollargacha pasaytirishni, shuningdek, Rossiya energetika infratuzilmasidan, jumladan ikkita "Shimoliy oqim" gaz quvuridan foydalanishni taqiqlashni taklif qilayotgani haqida xabar berilgan edi.