Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evroittifoq Ukrainaga 130 milliard yevrogacha reparasion kredit ajratishi mumkin — Reuters

Evroittifoq Ukrainaga 130 milliard yevrogacha reparasion kredit ajratishi mumkin — Reuters

Axborot agentligining muzokaralar bilan tanish YEI vakiliga tayanib xabar berishicha, kreditning asosini Rossiyaning G‘arbda muzlatilgan aktivlari tashkil etishi kerak. Biroq Bryussel bundan avval 2024 yilda Ukrainaga berilgan 45 milliard yevrolik G7 kreditini yopmoqchi.

"Kreditning yakuniy miqdori Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan 2026–2027 yillarda Ukrainaning ehtiyojlari baholanganidan so‘ng kelishiladi", deya yozmoqda Reuters.

Reparasion kredit g‘oyasi Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayenga tegishli. Uning aytishicha, ushbu qarz Ukrainaga mudofaa xarajatlarini moliyalashtirishda yordam berishi zarur va Kiyev uni “faqat Rossiya reparasiyalarni to‘laganidan keyin” qaytaradi.

Kiritildi: 18:24 25.09.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!