Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evro—2024. Shotlandiya Shveysariya bilan durang o‘ynadi

Evro—2024. Shotlandiya Shveysariya bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati 2-turida Shotlandiya va Shveysariya o‘zaro bahs olib bordi.

A guruhidan o‘rin olgan bahsning 13-daqiqasida hisob ochildi. Shotlandiya futbolchisi Skot Maktominey o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 26-daqiqada Jerdan Shakiri hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Guruhning yana bir o‘yinida Germaniya Vengriya ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

Evro—2024

2-tur

19 iyun, chorshanba

Shotlandiya – Shveysariya 1:1

Gollar: 1:0 – 13 Maktominey, 1:1 – 26 Shakiri.

Shotlandiya: Gann, Ralston, Xenli, Tirni (Makkenna, 61), Xendri, Robertson, Makgregor, Maktominey, Gilmor (Maklin, 79), Makginn, Adams.

Shveysariya: Zommer, Vidmer, Rodriges, Sher, Akanji, Stergiu, Ebisher, Shakiri (Embolo, 60), Jaka, Froyler (Serro, 75), Amduni, Vargas (Rider, 75), Ndoye.

Ogohlantirishlar: Rodriges (31), Maktominey (51), Makkenna (68), Makginn (71), Serro (86).

Kiritildi: 07:31 20.06.2024. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!