Bugun 29 iyun, 2024 yil, shanba

КИР

Evro—2024. Angliya Serbiyani minimal hisobda mag‘lub etdi, Daniya esa Sloveniya bilan durang o‘ynadi

Evro—2024. Angliya Serbiyani minimal hisobda mag‘lub etdi, Daniya esa Sloveniya bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati C guruhining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 16 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Angliya Serbiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Jud Bellingem tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi va inglizlarga g‘alaba keltirdi.

Guruhning yana bir o‘yinida Sloveniya va Daniya o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Kristian Eriksen hisobni ochdi. 77-daqiqada Yanja hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin durang bilan yakunlandi.

Evro—2024

1-tur

16 iyun, yakshanba

Serbiya – Angliya 0:1

Gol: 0:1 – 13 Bellingem.

Serbiya: Raykovich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Kostich (Mladenovich, 43), Gudel (Ilich, 46), Milinkovich-Savich, Lukich (Yovich, 61), Jivkovich (Birmanchevich, 74), Mitrovich (Tadich, 61), Vlahovich.

Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gexi, Trippyer, Aleksander-Arnold (Gallaher, 69), Rays, Foden, Bellingem (Maynu, 86), Saka (Bouen, 76), Keyn.

Ogohlantirishlar: Gudel (39), Tadich (75).

Sloveniya – Daniya 1:1

Gollar: 0:1 – 17 Eriksen, 1:1 – 77 Yanja.

Sloveniya: Oblak, Stoyanovich (Verbich, 67), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Yanja, Gnezda-Cherin, Elshnik (Gorens-Stankovich, 76), Shporar (Brekalo, 90), Sheshko (Kurtich, 90), Mlakar (Selar, 75).

Daniya: Shmeyxel, Ba, Vestergor, Kristensen, Andersen, Kristiansen (Mele, 78), Eriksen, Hyoyberg (Nergor, 84), Yulmand (Dileyni, 89), Vind (Dolberg, 83), Heylund (Poulsen, 83).

Ogohlantirishlar: Yulmand (49), Stoyanovich (53), Selar (84).

Kiritildi: 07:40 17.06.2024. O'qildi: 1147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!