“Euronews” rahbari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda tomonlar axborot hamkorligini kengaytirish istiqbollari, O‘zbekistonning ekologik kun tartibini xalqaro maydonda ilgari surish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritishga qaratilgan qo‘shma media-loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, “yashil” transformasiyani ommalashtirish, bio-xilma-xillikni asrash va global iqlim kun tartibi doirasida O‘zbekiston tashabbuslariga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aziz Abduhakimov Pedro Vargas Davidga ekologik tashabbuslarni yoritish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini topshirdi.
Uchrashuv yakunida xorijiy delegasiya uchun Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlar tizim tashkilotlar faoliyati, xususan, ekologik holatlar monitoringi va tezkor tadbirlarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladigan Situasion markaz faoliyati bilan tanishtirildi.