"Men o‘zimga nisbatan haddan ziyod talabchan edim. Men o‘z-o‘zimga "Meri, sen mashinasan va bu mashina ishlashi kerak. Komil bo‘l. Intizomga rioya et", deya singdirardim. Men o‘zimni robot his qilardim. Oxir-oqibat jamoamga, bunday tempdagi ish juda og‘irligini aytishga majbur bo‘ldim, - deya izoh beradi Uzerli. - Men zaryadi qolmagan akkumulyator misoli edim".
Aktrisa 2013 yilda, uchinchi mavsum oxirida serialni tark etadi. O‘shanda uning o‘rniga tomoshabinlar avvaliga qabul qilishni istamagan Vaxide Gyordyum kelgan edi.
Ilgariroq OAVlar aktrisaning loyihani tark etishi sababi Meryem Uzerlining homiladorligi, deya xabar tarqatishgandi. 2014 yilning fevralida aktrisa qizaloqni dunyoga keltirdi va unga Lara, deb ism qo‘ydi.
"Muhtasham yuz yil" seriali Turkiyaning Star TV telekanalida 2011 yildan 2014 yilga qadar namoyish etilgan. Loyihada XVI asrning birinchi yarmida Usmoniylar imperiyasiga hukmdorlik qilgan sulton Sulaymon I hayoti haqida so‘z yuritilgan.