Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Etim bolalarga uy berish tartibi o‘zgarmoqda

Etim bolalarga uy berish tartibi o‘zgarmoqda

Ota-ona mehridan mahrum bo‘lib ulg‘aygan bola voyaga yetgach, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun unga kerak bo‘ladigani yetarli ta’lim, kasb-hunar va ish bilan ta’minlanishdir. Ammo, yana bir muhim jihat borki, bu davlatning alohida resurslarini hamda o‘ta shaffof va adolatli tizim bo‘lishini talab qiladi.

Gap yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga uy-joy berish tizimi haqida bormoqda.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan selektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu masalaga atroflicha to‘xtalib, bir qator topshiriqlar berdi va tizim tubdan qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.

Bunda:

✔️ “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi;

✔️ ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi.

Hozirda hududidan qat’i nazar, 1 xonali (25 kvadrat metr) uy uchun 132 million so‘m ajratilayapti. Lekin, bu narxga uy-joy deyarli yo‘q.

Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar 140 milliard so‘mga yetkaziladi (o‘tgan yili viloyatlarga 72 milliard so‘m berilgan).

Viloyat hokimlari 1 iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlashga shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Bunda, hokimlar – yetim bolalar uchun uy-joy topish va ularni joylashtirishga, Ijtimoiy himoya agentligi esa, uy-joy sotib olishni moliyalashtirishga mas’ul bo‘ladi.

Ushbu masala ota-onasiz ulg‘aygan, endi esa yashashga joyi bo‘lmagan yoshlar uchun eng dolzarb muammoga aylangan. Shu sababli, uni aslo ortga surish mumkin emas.

Kiritildi: 14:39 23.02.2024. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!