Estoniya Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzilgandan keyingina Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishga tayyor.
Estoniya bosh vaziri Kristen Mixal Berlinda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan qo‘shma matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qilgan.
"Yana bir bor ta’kidlayman: bizning askarlar ishtirok etishi uchun aniq tinchlik kelishuvi zarur", dedi Mixal.
Bosh vazirning aniqlik kiritishicha, Estoniya Ukrainaga bir rota askar yuborishga tayyor.