Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopmoqchi

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopmoqchi

Estoniya parlamenti (Riygikogu) Rossiya bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini yopish taklifi bilan hukumatga murojaat qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.

Bu haqda Estoniya parlamentining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Konservativ «Vatan» (Isamaa) partiyasi tashabbusini 37 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, ikki nafar deputat qarshi ovoz bergan, yana 36 nafar deputat ovoz berishda ishtirok etmagan.

Qonun loyihasi 14 sentyabr kuni kiritilgan. Estoniyaning ERR teleradiokompaniyasi xabar berishicha, ushbu partiya 2025 yilning bahor va kuz fasllarida ham shunga o‘xshash takliflar bilan chiqqan, biroq har ikki tashabbus rad etilgan.

Avvalroq Estoniya ichki ishlar vaziri Igor Taro Rossiya bilan chegarani yopish to‘g‘risidagi qaror hukumat yig‘ilishida qabul qilinishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar vaqtinchalik yoki doimiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna 1 dekabrdan boshlab Estoniya va Rossiya o‘rtasidagi barcha chegara o‘tkazish punktlarini yopish rejalari borligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik