Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Estoniya Rossiya bilan chegaradagi ko‘prikka metall darvoza o‘rnatdi

A A A
Estoniya Rossiya bilan chegaradagi ko‘prikka metall darvoza o‘rnatdi

Xabar berilishicha, Estoniyaning Narva shahri va Rossiyaning Ivangorod shahrini bog‘lovchi “Do‘stlik” ko‘prigiga katta metall darvozalar o‘rnatilgan. Shuningdek, u yerda harakatlanishni zarurat tug‘ilganda to‘liq to‘sib qo‘yuvchi maxsus metall to‘siqlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bu to‘siqlar chegara punkti hududiga kirish va undan chiqishni butunlay to‘xtatishi mumkin. Ko‘prikning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismi hozircha ochiq, ammo u yerda ham darvoza o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Narva chegara punkti rahbari Antti EYEnsalu bunday choralar xavfsizlikni oshirish va “ruxsatsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaslik” uchun amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:45 03.08.2025. O'qildi: 1588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!