Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erto‘laga yashirilgan garovdagi “Gentra” avtomashinasi aniqlandi

Erto‘laga yashirilgan garovdagi “Gentra” avtomashinasi aniqlandi

Samarqand shahrida kredit asosida rasmiylashtirilgan va firibgarlik yo‘li bilan 5 nafar fuqaroga sotilgan “Chevrolet Gentra” rusumli avtomashina xonadon yerto‘lasidan aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Hamkorbank” ATB foydasiga jami 130 million so‘mdan ortiq qarzdorlik bo‘yicha 4 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, ushbu ish doirasida transport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida fuqaro B.D.ning kredit qarzdorligini undirish va garovdagi mulkni xatlash belgilangani tasdiqlandi.

Tezkor-qidiruv harakatlari davomida qidiruvdagi avtomashina yashirin holda saqlanayotgani aniqlanib, u yerto‘ladan topildi.

Hozirda ushbu transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kiritildi: Bugun 08:17. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!