Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ertaga toshkentliklar yana “svet”siz qoladi

Ertaga toshkentliklar yana “svet”siz qoladi

Toshkentning Bektemir, Mirobod hamda Olmazor tumanlarida 16 aprel kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.

Shu bois ertaga quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Bektemir tumani: “Husayn Boyqaro” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirobod tumani: “Oq uy” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Ahil”, “Gulzor”, “Moyariq”, “Ibrohim ota” va “Miskin” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:50 15.04.2024. O'qildi: 1259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!