Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25 mart — “Er vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida barchaga bir soat davomida elektr energiyasini o‘chirish tavsiya etiladi. Maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.
Vazirlik barchani ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiradi. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz.