Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Eronning yuqori martabali harbiy qo‘mondonlari sanksiyalarga uchradi

Eronning yuqori martabali harbiy qo‘mondonlari sanksiyalarga uchradi

Kanada rasmiylari Eron mudofaa vaziri Muhammad Rizo Ashtianiyni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Kanada hukumati saytidagi bayonotda aytiladi.

Unda ta’kidlanishicha, sanksiyalar Eron Qurolli kuchlari markaziy shtab qo‘mondoni Xatam al-Anbiyo G‘ulom Ali Rashidga nisbatan ham joriy qilingan.

Hujjatda qayd etilganidek, “Eron Islom Respublikasining harakatlari tinchlik va xavfsizlikni buzishga qaratilgani” sababli yangi cheklov choralari joriy etilgan. Ushbu harakatlar "jiddiy xalqaro inqirozga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin", deyiladi matnda.

Sanksiya ro‘yxatiga Eronning ikki yuqori martabali harbiy rahbaridan tashqari Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi va Xatam al-Anbiyo shtab-kvartirasi ham kiritilgan.

Kiritildi: 10:11 26.04.2024. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!