Eron AQShning Yamandagi husiylarga qarshi amalga oshirgan keng ko‘lamli harbiy zarbalariga munosabat bildirdi, deb Reuters xabar bermoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yaman husiylariga zarbalar berishni buyurgani ma’lum qilingan edi. Amerika prezidenti, shuningdek, Tehronga murojaat qilib, husiylarni qo‘llab-quvvatlashni darhol to‘xtatishni talab qildi: "Amerika sizni javobgarlikka tortadi va biz bu borada shafqatsiz bo‘lamiz!"
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni Husayn Salomiy husiylar mustaqil ravishda harakat qilishini va o‘zlarining strategik hamda harbiy qarorlarini qabul qilishini ta’kidladi.
"Biz dushmanlarimizni ogohlantirmoqdamizki, agar ular o‘z tahdidlarini amalga oshirsalar, Eron ularga qat’iy va vayron qiluvchi tarzda javob qaytaradi," - dedi Salomiy davlat ommaviy axborot vositalariga bergan sharhida.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQShning husiylarga qarshi hujumi haftalab davom etishi mumkin.